News

UNESCO calls for proposals for the 2021 Silk Roads Youth Research Grant

27/01/2021

UNESCO launches a call for young women and men under the age of 35 to apply for the 2021 ‘Silk Roads Youth Research Grant’. 12 research grants of USD10,000 will be awarded. The Grant aims to mobilize young researchers for further study of the Silk Roads shared heritage.

For more information https://en.unesco.org/news/unesco-calls-proposals-2021-silk-roads-youth-research-grant

YuNESKO 2021 yilgi yoshlarning Ipak Yo'li bo'yicha  tadqiqotlari uchun grant olish bo’yicha  arizalarni qabul qilishini  e'lon qiladi.

YuNESKO 35 yoshgacha bo'lgan yosh ayollar va erkaklarni 2021 yilgi Ipak yo'li bo’yicha yoshlar tadqiqot grantiga hujjat topshirishga chorlaydi. 10000 AQSh dollarilik miqdoridagi 12 ta ilmiy grantlar taqdim etiladi. Grantdan maqsad yosh tadqiqotchilarni Ipak yo'li merosini yanada chuqurroq o'rganish uchun safarbar etishdir..

Ipak Yo'li bo’yicha  yoshlar ilmiy-tadqiqot granti YuNESKOning ijtimoiy va gumanitar fanlar Dasturining bir qismi bo’lgan “Ipak yo'li”  va “MOST” dasturlari doirasida YuNESKOning Xitoy Xalq Respublikasining YuNESKO ishlari bo'yicha Milliy Komissiyasi ko'magida uyushtirgan yangi tashabbusi. ...

Tadqiqotda quyidagi mavzular ko’rib chiqilishi lozim:

  •  Ipak Yo'lining umumiy merosi va o'ziga xosligi,
  •  uning ichki xilma-xilligi,
  •  zamonaviy jamiyatlarda uning ijodkorlik, madaniyatlararo muloqot, ijtimoiy hamjihatlik, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikdagi salohiyati;
  • va  nihoyat barqaror tinchlik va taraqqiyot.

Grant olish uchun kimlar murojaat qilishi mumkin?

Ariza berish paytida 35 yoshdan kichik bo'lgan aspirantlar grant olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Taklif etilayotgan tadqiqot individual tadqiqotchi tomonidan olib borilishi yoki guruh tadqiqotining,  yoki hamkorlikdagi loyihaning bir qismi bo'lishi mumkin.

Ipak yo'li tadqiqotlarining qaysi yo'nalishlari tanlovda ishtirok uchun mos keladi?

Tadqiqotda qatnashish huquqi sohalarning keng doirasiga, shu jumladan ma'lum bir mintaqa yoki xronologiya bilan chegaralanmagan ko'p tarmoqli va ko'p o'lchovli takliflarga berilishi mumkun.  Tavsiya etilgan tadqiqot Ipak yo'lining umumiy merosi bilan bog'liq bo'lgan bir yoki bir nechta mavzularni qamrab olishi mumkin, xususan:

  •  Ilm-fan va texnologiyalar
  •  An'anaviy nou-xau va hunarmandchilik
  •  Din va ma'naviyat
  •  Til va adabiyot
  •  San'at va musiqa
  •  An'anaviy sport turlari va o'yinlar

Tadqiqot taklifingizni qanday topshirish mumkun?

Nomzodlar taqdim etilayotgan  tadqiqotning  batafsil tavsifi, uning usullari, undan kutilgan natijalari va mavjud bo'lgan stipendiyaga qo'shiladigan hissasi to’g’rida  batafsil ma’lumot berilgan shablonni to'ldirib, o'zlarining tadqiqot takliflarini topshirishlari kerak. Takliflar ingliz tilida taqdim etilishi va quyidagi manzilga yuborilishi kerak: silkroadsgrant@unesco.org (havola elektron pochta orqali yuboriladi)

Muddat

Takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati 2021 yil 18-aprel.

Taqdim etilgan tadqiqot takliflari taniqli xalqaro akademiklardan tashkil topgan ilmiy hay'at tomonidan baholanadi.

Grant sovrindorlari ro'yxati 2021 yil iyun oxirida e'lon qilinadi.

 Grant olishga ariza topshiruvchilar uchun tavsiyalar:

Tanlov mezonlari, tegishli tadqiqot mavzulari va baholash jarayoni to'g'risidagi batafsil ma'lumot bilan qo’yidagi grant qo'llanmasida tanishingiz mumkun:  Go to Applicant Guidelines .

Ipak Yo'li bo’yicha  yoshlar ilmiy-tadqiqot granti haqida ko'proq ma'lumotni bu erda topishingiz mumkin: https://en.unesco.org/silkroad/youthgrant

Muhim ma'lumotlar

YuNESKO grant qoidalarini zarurat tug'ilganda oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish huquqiga ega